05 fev 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Floyd Meyvezer kikbokschiga qarshi jang o'tkazadi + POSTER
Faoliyatini mag'lubiyat va murosasiz yakunlagan amerikalik 48 yoshli Floyd Meyvezer yana ringga qaytmoqda.
Greciyalik kikbokschi Mayk Zambidis o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Floyd Meyvezerga qarshi ko'rgazmali jang o'tkazishi haqida poster elon qildi. Jang 27 iyun kuni Greciya poytaxti Afina shahrida bo'lib o'tadi.
Avvalroq, Xalqaro boks shon-shuhrat zali azosi, superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni amerikalik Mayk Tayson shu yil mart oyida Afrika qitasida Meyvezerga qarshi jang o'tkazishni rejalashtirgani haqida xabar bergan edik.
Malumot uchun, Floyd Meyvezer professional boksdagi faoliyati davomida 50 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan (27 ta nokaut).

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar