So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

22 fev 13:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Floyd Meyvezer professional boksga qaytishini malum qildi

Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer aprel oyida Mayk Tayson bilan bo'lib o'tadigan ko'rgazmali jangdan so'ng professional faoliyatini tiklashini malum qildi.

24 fevral kuni 49 yoshini nishonlaydigan afsona ilk rasmiy jangini 2026 yilning yozida o'tkazishni rejalashtirmoqda. Raqib nomi keyinroq elon qilinadi. Meyvezer CSI Sports/Fight Sports promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Bu Meyvezerning professional ringga to'rtinchi qaytishi bo'ladi. U 2007, 2015 va 2017 yillarda faoliyatini yakunlashini elon qilgan edi. Amerikalik so'nggi rasmiy jangini 2017 yilning avgustida Konor Makgregorga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan va mag'lubiyatsiz seriyasini 50 ta g'alabaga etkazgandi.

"Men hali ham boksda yangi rekordlar o'rnatishga qodirman. Mayk Tayson bilan bo'lajak jangdan tortib mening navbatdagi professional jangimgacha - hech kim mening tadbirlarimdan ko'proq tomoshabin to'play olmaydi. Katta global auditoriyani taminlay olmaydi va ko'proq pul ishlay olmaydi", - deya Meyvezerning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Faoliyati davomida amerikalik bokschi o'z davrining barcha kuchli raqiblarini mag'lub etgan. Uning hisobida boks tarixidagi eng ko'p daromad keltirgan uchta jang - Menni Pakyao, Konor Makgregor va Saul Alvaresga qarshi janglar bor. Avvalroq Pakyao Meyvezer bilan 2026 yilda revansh o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini malum qilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing