09 dek 14:41
Yangiliklar
Tennis
Fomin reytingda o'zidan 164 pog'ona yuqoridagi tennischini taslim etdi
Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha ITF15 toifasiga kiruvchi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi birinchi davrada turnirning ikkinchi raketkasi sifatida harakat qilgan niderlandiyalik Maks Xuksni 6/4, 5/7, 6/1, 1/8 finalda esa argentinalik Lucho Karnevalleni 6/2, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
ATP reytingida 728-pog'onadan joy olib turgan Fomin hozirgina yakuniga etgan chorak final uchrashuvida dunyoning 564-raketkasi, turnirda 8-raqam ostida tasniflangan rossiyalik Denis Klokni 7/5, 6/2 hisobida taslim etdi. Sergeyning 1/2 finaldagi raqibi birozdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar