26 avg 17:01
Yangiliklar
Forbes dunyoning eng ko'p pul to'lanadigan tennischilari reytingini tuzdi
Unga ko'ra, reytingning etakchisi sifatida Novak Jokovich qayd etilgan. So'nggi 12 oyda u o'z hisob raqamiga 38,4 mln dollar qo'shib qo'ygan, bu summaning 11,4 millioni kortdagi o'yinlari sabab yutib olingan.
Ikkinchi o'rinda "Katta Dubulg'a" tasnifidagi turnirlarning ikki karra g'olibi Karlos Alkaraz ko'rsatildi. Uning foydasi 31,4 mln dollarni tashkil qilgan bo'lsa, shularning 11,4 million turnirning sovrin jamg'armasi hisobiga to'g'ri keladi.
Kuchli uchlikni Daniil Medvedev yopib berdi. U so'nggi 12 oy davomida 20,1 mln dollar foyda ko'rdi. Ushbu summaning 7,1 millionini turnirlardagi ishtiroki tufayli qo'lga kiritgan.
Ayol tennischilardan esa peshqadamlik Iga Svyontekka nasib qildi. Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi bir yil davomida 22,4 mln evro ishlab topgan, shularning 8,4 millioni turnirlardagi g'alabalaridan keyin qabul qilingan.
Fikrlar