13 may 20:09
Yangiliklar

Forbes. Konor Makgregor eng ko'p daromad qiladigan sportchilar ro'yxatida peshqadam
Reytingni tuzishda sportchilarning 2020 yil 1 maydan 2021 yil 1 maygacha bo'lgan daromadlari hisobga olingan.
Makgregor birinchi marta 180 million dollar bilan reytingda birinchi o'rinni egalladi. Irlandiyalik ushbu summaning katta qismini viski brendi sotilishidan (150 million) ishladi. 32 yoshli jangchi MMA'da 22 million dollar ishlab topdi.
Reytingning ikkinchi pog'onasida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi qayd etildi - 130 million dollar. Argentinalik 97 millionni klubdagi ishi, yana 33 millioni homiylik orqali ishlab topgan.
Kuchli uchlikni "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yakunlab bergan - 120 million.
Forbes talqiniga ko'ra dunyodagi eng ko'p maosh oladigan sportchilar (2020):
1. Konor Makgregor (MMA) - 180 million dollar
2. Lionel Messi (futbol) - 130
3. Krishtianu Ronaldu (futbol) - 120
4. Duck Prescot (Amerika futboli) - 107.5
5. LeBron Jeyms (basketbol) - 96,5
6. Neymar (futbol) - 95
7. Rojer Federer (tennis) - 90
8. Lyuis Xemilton - (avtopoyga) - 82
9. Tom Bredi (Amerika futboli) - 76
10. Kevin Dyurent (basketbol) - 75.
Fikrlar