13 mar 17:30
Yangiliklar
FOTO Pekin Paralimpiya-2022 o'yinlari yakunlandi. Kim qancha medal jamg'ardi?
5-13 mart kunlari oralig'ida o'zbekistonlik parasportchilarsiz o'tgan musobaqada sayyoramizning 46 davlatidan jami 564 nafar atlet 78 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib bordi.
Yakunda kutilganidek, Xitoy terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishdi. Mezbonlar 18 ta oltin, 20 ta kumush, 23 ta bronza, jami 61 ta medalga ega chiqishdi.
Ikkinchi o'rinni Ukraina terma jamoasi 11 ta oltin, 10 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Kanada (8 ta oltin, 6 ta kumush, 11 ta bronza) yakun yasab berdi. Jami 19 mamlakat delegaciyalari o'z uylariga kamida 1 tadan bronza medali bilan qaytishdi.
Malumot uchun, navbatdagi qishki Paralimpiya o'yinlari 2026 yil Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampecco shaharlarida bo'lib o'tadi.
Fikrlar