So’nggi yangiliklar

19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0 19:23"Америкалик ватанпарвар сифатида айтаманки - Чимаев ғалаба қозонганди" - Сехудо 0 19:02"Ҳар бир ҳақорат учун жавоб берасан!". Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 18:41Инсайдер Макгрегорнинг кейинги жанги деярли аниқ эканлигини айтди 0 18:20Энцо Мареска "Ман Сити"да Хосеп Гвардиола ўрнини эгаллаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0

15 mar 09:35
Yangiliklar

Tadbirlar, Futbol

Franciya FF prezidenti mahkamasi boshlig'i yurtimizga keldi

SHu yilning 23 yanvar kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Parijda Franciya futbol federaciyasi mutassaddilari bilan uchrashgandi.

Jumladan, Franciya futbol federaciyasi Prezidenti mahkamasi Xalqaro bo'limi boshlig'i Janob Kenni Jan Mari uchrashuv davomida bolalar futboli bo'yicha franciyalik mutaxassislarni O'zbekistonga olib kelish, yurtimizdagi yosh futbolchilarni Franciya jamoalariga jalb qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Evropa andozalari asosida yo'lga qo'yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o'rganishga yuborish masalalari muhokama qilingandi. 

O'sha kelishuvga ko'ra kecha Franciya futbol federaciyasi vakillari Franciya futbol federaciyasi Prezidenti mahkamasiboshlig'i Janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor o'rinbosari Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasida franciyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov qabul qilishdi.

Umid Ahmadjonov Janob Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryuni yurtimizda ko'rishdan juda ham xursand ekanini takidlab, jumladan, shunday dedi:

“Franciya dunyodagi futboli rivojlangan mamlakatlardan biri. SHu sababli O'zbekistonda futbolni rivojlantirish yo'lida Franciya bilan hamkorlik qilish biz uchun juda muhim. O'zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun hukumat darajasida etibor qaratilmoqda. Mana bugun Siz aziz mehmonlarning poyqadami qutlug' kelib, muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O'zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorga imzo chekdilar.

Endilikda yurtimizda futbolni, umuman, sportni rivojlantirishning yangi tizimi barpo etiladi. Buning uchun Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O'zbekiston futbol Associaciyasi birgalikda ish olib boradi. Biz ishni bog'chalardan boshlamoqchimiz. Bolajonlar o'rtasida sportni keng targ'ib qilish orqali turli sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish bosh maqsadimiz. Keyin maktab - Olimpiya zaxiralari kolleji – institut tizimida ish olib boriladi. Maqsadimiz, sportni, futbolni yuqori bosqichga olib chiqish va yurtimizdan Olimpiya va Jahon chempionlari chiqishini taminlashdan iborat.

Franciya futbol federaciyasi bilan yaqin hamkorlik qilish o'zbek futboli uchun katta manfaat keltirishiga ishonchim komil. Yurtimizda futbol akademiyalari yangi tizim asosida faoliyat yuritadi. Mazkur akademiyalarda franciyalik murabbiylar ish olib borishiga yordam bersangiz, boshimiz osmonga etgan bo'lardi. Bundan tashqari, Franciyadagi kuchli mutaxassislarni O'zbekiston futbol associaciyasiga ishga taklif etishda ham amaliy yordam ko'rsatishingizni istaymiz. Ular O'FAda ish olib borib, o'zbek futbolini yuqori bosqichga olib chiqishda o'z hissalarini qo'shishsa, Sizdan cheksiz minnatdor bo'lamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov.

O'z o'rnida Franciya futbol federaciyasi Prezidenti mahkamasi boshlig'i Janob Kenni Jan Mari O'zbekistonga tashrif buyurganidan juda mamnun ekanini aytib o'tdi.

“Siz bilan Franciyada uchrashganimizda O'zbekistonga borishga vada bergandik. Mana, vadamning ustidan chiqib, yurtingizga tashrif buyurdik. O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar juda ko'p ekanini yaxshi bilamiz. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida bosh sovrinni qo'lga kiritgani bejiz emas. Ana shu iqtidorlarni to'g'ri yo'naltirish orqali mamlakatingiz futbolda katta natijalarga erishishi mumkin. Siz yuqorida Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O'zbekiston futbol Associaciyasi birgalikda ish olib borishi borasida gapirib o'tdingiz. Bu juda to'g'ri yo'l. Franciya ham 40 yil avval mana shu yo'lni tanlagan. Franciya futboli ushbu darajaga etib kelguniga qadar katta yo'lni bosib o'tdi. Xato va kamchiliklarga yo'l qo'yildi.

Maqsadimiz, o'zimizning rivojlanish bosqichimiz bo'yicha tajribamiz bilan o'rtoqlashish. Buning uchun avval yurtingizdagi futbol bo'yicha umumiy holat bilan yaqindan tanishishimiz kerak. Keyin xulosa qilib, o'z takliflarimizni beramiz. Buning uchun janob Lyudovik Debryu O'zbekistonda menga qaraganda ko'proq qolib, vaziyat bilan yaqindan tanishadi. Superliga uchrashuvlarini stadiondan tomosha qiladi. Stadionlar, infratuzilmalarni ko'zdan kechiradi. Keyin o'zimizning amaliy maslahatlarimizni berishga harakat qilamiz”, - dedi Janob Kenni Jan Mari. 

Bugun Franciya futbol federaciyasi vakillari O'FAda marketing bo'yicha yurtimizdagi mutaxassislar uchun seminar o'tkazishlari rejalashtirilgan. Keyin esa “Bunyodkor” stadioniga borib, u er bilan yaqindan tanishishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing