27 sen 18:18
Yangiliklar
Franciya Zagreb Gran-Prisida birinchi bo'ldi FOTO + JADVAL
Zagreb Grand Prix turnirida dunyoning 4 qitasi 35 davlatidan 243 (143 erkak, 100 ayol) nafar dzyudochi jami 14 ta (7 tadan erkak va ayol) vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqdi. Uch kunlik bahslar yakuniga ko'ra Franciya terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Niderlandiya terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medali bilan sloveniyalik dzyudochilar yakun yasab berishdi. Ozarbayjon terma jamoasi tarkibida ham ikki, Rossiya, Buyuk Britaniya, Moldova, Gruziya va Belgiya terma jamoalarida esa bir nafardan chempion bo'ldi.
Malumot uchun, Zagreb Gran-Prisida O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etmadi. Hozirda dzyudochilarimiz 6-10 oktyabr kunlari Italiya davlatida o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishyapti.
Fikrlar