So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

03 okt 09:44
Yangiliklar

Tadbirlar

Franciyaning sport anjomlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan muzokara o'tkazildi

Teglar :  MOQFranciyaSport
Franciyaning sport anjomlari va kiyimlari ishlab chiqaruvchi mashhur Decathlon kompaniyasining Markaziy Osiyo bo'yicha direktori Jerom Antonio da Silva bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan Bosh kotib Jasur Matchanov ishtirok etdi. Bosh kotib uchrashuvni boshlar ekan, o'zi ham sport bilan shug'ullangan vaqtida aynan «Decathlon» sport anjomlaridan foydalanganligini alohida qayd etib o'tdi.

«Sportchi bo'lganimda men ham aynan «Decathlon» sport anjomlaridan foydalanardim. Kompaniyangiz o'z sifatli mahsulotlari bilan jahon bo'ylab nom qozongan. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida etibor qaratmoqdalar. Buning uchun albatta yaxshi sharoitlar va sifatli sport anjomlari bizda bo'lishi kerak», – dedi MOQ Bosh kotibi.

Franciyalik mehmon bunga javoban kompaniya missiyasi O'zbekiston ko'zlagan maqsadga mos kelishi haqida gapirdi.

«O'zaro maqsadlarimiz bir-biriga mos tushmoqda. Bu ajoyib. Kompaniyamiz 80 dan ortiq sport turi uchun sport inventarlari ishlab chiqaradi. Jahonning 45 mamlakatida 1500 dan ortiq do'konlarimiz bor. Maqsadimiz sport bilan shug'ullanish uchun barchaga sharoit yaratib berishdir. O'zbekistonda ko'plab jabhalarda islohotlar ketayotganidan xabarimiz bor. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biri bilan hamkorlik qilish istagidamiz. Ayni paytda aynan qaysi davlatda faoliyat boshlash ustida izlanishlar olib bormoqdamiz», – dedi Jerom Antonio da Silva.

O'z navbatida Jasur Matchanov kompaniya uchun O'zbekiston eng maqul variant ekanligini, mamlakatimizda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishning afzalliklari va yana bir qator qulayliklar haqida gapirib berdi. Uchrashuv yakunida ananaga muvofiq mehmonlarga Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan esdalik sovg'asi taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing