20 iyu 07:25
Yangiliklar
SHaxmat
Francuzlar ham shaxmat o'ynashni bilishadi
Germaniyaning Dortmund shahrida 9 iyul kuni start olgan shaxmat bo'yicha superturnir o'z yakuniga etdi.
Aylana tizimda o'tgan musobaqaning so'nggi turida yagona g'alabani rossiyalik grossmeyster Vladimir Kramnik ko'lga kiritdi. Sobiq jahon chempioni o'z hamyurti Evgeniy Naerdan ustun keldi. Qolgan partiyalarda g'olib aniqlanmadi.
Dominges – Vashe-Lagrav - 0.5-0,5, Ponomarev – Karuana - 0,5-0,5, Buman – Nisipyanu - 0,5-0,5.
Dunyoning sakkiz nafar eng ko'zga ko'ringan grossmeyterlari o'rtasidagi nufuzli musobaqada franciyalik shaxmatchi Maksim Vashe-Lagrav 5,5 ochko jamg'argan holda bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Kuchli uchlikdan Vladimir Kramnik va Fabiano Karuana joy olishdi. Kubalik Lener Dominges ham kuchli uchlikdagi hamkasblari singari 4 ochko jamg'ardi.
Havola :
Fikrlar