31 mar 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Franklin Entoni Joshuani nokaut qilmoqchi
Amerikalik Jermeyn Franklin Entoni Joshuaga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"O'rtada Joshuaning faoliyati turibdi deyishmoqda. Lekin ushbu jangda men uchun o'rtada barcha narsa turibdi. Balki ular menga galdagi navbatchi raqib sifatida qarashayotgandir, ammo har qanday holatda ham ularni katta syurpriz kutmoqda.
Menga jiddiy munosabatda bo'lish, o'zim haqimda bildirib qo'yish vaqti keldi. Men Joshuani nokaut qilmoqchiman, bu mening jangdagi asosiy maqsadim bo'ladi", - dedi Franklin.
Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua va Jermeyn Franklin jangi 1 aprel kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar