06 okt 10:33
Yangiliklar
![](/upload/storage/185051_220.jpg)
Frenk Uorren: "Agar Fyuri Usik bilan jang qilishni istasa, shunday bo'ladi"
WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren mijozining Deontey Uaylder bilan bo'ladigan jangdagi imkoniyatini baholadi va Aleksandr Usik bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
«Men Tayson Uaylderni yana mag'lub etishini kutaman, lekin aytganimdek, Deontey katta va xavfli yigit. Biz buni ko'p marta ko'rganmiz. Tayson muvaffaqiyat qozonsa, u muhim qaror qabul qilishi kerak bo'ladi. Agar Usik bilan jang qilishni istasa, shunday bo'ladi. Agar xohlamasa, yo'q», - dedi Uorren.
SHu bilan birga, Fyurining promouteri Entoni Joshua Usikni revansh jangida mag'lub eta olishiga shubha bildirdi.
«Matchroom kompaniyasi Joshuaga kamarlarni qaytarib bermoqchi. Ular muvaffaqiyat qozonishadimi? Men bunga shubha qilaman, chunki Joshua Usikni mag'lub eta olmaydi deb o'ylayman. Aleksandr jasur, qattiqqo'l yigit. U o'zini ehtimol 500 kishi qo'llab-quvvatlagan 65 ming kishilik stadionga kirdi. Usik sher uyasiga kirib, uni qo'lga oldi», - deya Uorrenning so'zlaridan iqtibos keltiradi Boks24/7.
Avvalroq, Entoni Joshuaninig promouteri Eddi Xirn Aleksandr Usik bilan bo'lajak revanshning bazi tafsilotlarini oshkor qilgan edi.
Fikrlar