17 fev 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Frenk Uorren: "Joshua Usik bilan jang tashkillashtirilmasligi uchun qo'lidan kelganini qildi"
Promouter Frenk Uorren sobiq chempion Entoni Joshua va og'ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik o'rtasidagi revansh jangi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Eddi Xirn Fyuriga Britaniyada licenziya berilmayotganini aytdi. U hatto, qaysi sayyorada yashayotganini ham bilmay qoldim. Bu ahamiyatsiz.
Xirn o'z nazorati ostidagi jangga etibor qaratishi kerak. Bu Usik-Joshua jangi. Joshua bu jang bo'lishini xohlaganmidi? U jang bo'lmasligi uchun qo'lidan kelganini qildi. Joshua buni xohlaydimi? U ringga chiqadimi o'zi yo yo'qmi?
Agar revansh jangida Joshua Usikni mag'lub eta olmasa, u og'ir vaznni "berib qo'yadi". Xo'sh, u keyin nima qiladi?", - dedi Uorren.
Avvalroq, Xirn Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi may oyida bo'lib o'tishi mumkinligini aytgandi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar