17 may 14:01
Yangiliklar
Frensis Ngannu Jon Jonsni jangga chaqirdi, amerikalik esa unga javob qaytardi
Kechaning uchinchi asosiy jangida UFC og'ir vazn toifasining sobiq chempioni Frensis Ngannu sobiq UFC jangchisi, braziliyalik Filipe Linsga qarshi oktagonga chiqdi.
Ngannu birinchi raund oxirida raqibini nokautga uchratdi va shundan keyin UFC’ning sobiq yulduzi Jon Jonsni jangga chaqirdi.
"U mening nima qilayotganimni kuzatib, o'rganishi kerak. Keyin esa bu jangga chiqsin", — dedi Ngannu jangdan keyingi intervyuda.
Jonsning javobi uzoq kuttirmadi, chunki amerikalik arenadan turib efirda qatnashgan edi.
"Avvalo UFC bilan shartnomamdan chiqishga etibor qaratishim kerak. Agar bu jang amalga oshsa, eng qiyin qismi shu bo'ladi. Menimcha, Dana Frensis bilan ishlashdan manfaatdor emas. SHuning uchun buni MVP orqali amalga oshirish yagona yo'l bo'lishi mumkin. Agar shartnomadan chiqishning uddasidan chiqsak, bu ajoyib bo'lardi", — dedi Jons.
Eslatib o'tamiz, ko'pchilik Jons va Ngannu jangini hali UFC davridayoq ko'rishni istagan, ammo turli sabablarga ko'ra bu to'qnashuv amalga oshmagan.
Fikrlar