07 fev 23:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Furqatbek Yoqubov braziliyalik jangchiga hech qanday imkon qoldirmadi
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubov navbatdagi jangini o'tkazdi.
The Ultimate Fighter 33 shousi ishtirokchisi bo'lmish Yoqubov Toshkentda o'tkazilayotgan Mangu MMA 1 turnirida qatnashdi.
Braziliya vakili Nildo Machadoga qarshi kechgan bahsda Furqatbek Yoqubov ikkinchi raundda raqibi ustidan TKO orqali zafar quchdi.
Bu orqali hamyurtimiz faoliyatidagi 21-jangida 17-g'alabasini rasmiylashtirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar