So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

02 sen 16:05
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Futbolchi UFC og'ir vazn toifasining muhim jangchisiga aylandi: u 10 yil davomida akademiyada shug'ullangan, Drogba bilan to'p tepgan, Mbappe bilan do'st!

Teglar :  UFCSiril Gan
Hozir men millioner bo'lardim!

Bugun, 2 sentyabr kuni Parijdagi UFC FIGHT NIGHT turnirida Siril Gan Sergey Spivak bilan jang qiladi. Gan og'ir vaznlilar orasida kamdan-kam uchraydigan muvozanat va ajoyib oyoq harakatlariga ega.

Bazi muxlislar Siril bu ko'nikmalarni hayotidagi birinchi sport turi - futbol tufayli rivojlantirgan deb hisoblashadi.


Gan etti yoshidan futbol o'ynaydi: u 42 o'lchamdagi oyoq kiyim kiygan va xalqaro turnirlarga borgan

Siril Gan bolaligidan futbolga mehr qo'ygan. Uning otasi mintaqaviy darajada o'ynagan - Regional 1. Bolaligida Gan MMA jangchilaridan emas, balki francuz terma jamoasi yulduzlari Terri Anri va Zinedin Zidandan ilhomlangan. «Biz Anri bilan bir joydanmiz. U xuddi otam kabi Gvadelupadan. Zidanni tanishtirishim shart emas», - dedi Gan.

Gan birinchi marta futbol mashg'ulotlariga etti yoshida kelgan. «Maydonda u og'ir-vazmin bola edi. U hech kim bilan janjallashmasdi, kimdir uni haqorat qilmas edi, chunki o'shanda ham u boshqa yigitlardan gavdaliroq edi. Biz hammamiz 34 o'lchamli oyoq kiyim kiyganimizda u 42 o'lchamdagi poyabzal kiygan», - deb eslaydi Ganning bolalar jamoasidagi sobiq sherigi.

Gan o'zi tug'ilib o'sgan La Rosh-syur-Yonda shahrining Étoile Sportive Ornaysienne de Football (hozirda Franciyaning beshinchi divizionida o'ynamoqda) jamoasi akademiyasida shug'ullangan. «U hujumda boshladi, ammo keyin texnikasi etishmaganligi tufayli markaziy himoyachi poziciyasiga o'tdi. U erda u ko'rish qobiliyati, yaxshi birinchi pas va ajoyib bosh zarbasi bilan o'zini ko'rsatdi va burchak to'plaridan ko'plab gollar urdi», - dedi Ganning birinchi futbol murabbiyi Bruno Barbari.

Gan istiqbolli o'yinchi hisoblanardi va hatto Montagu xalqaro turniri uchun Vendeya departamentining yoshlar jamoasiga chaqirildi. Yillar davomida ushbu turnirda Krishtianu Ronaldu, Andrea Pirlo, Terri Anri va Karim Benzema kabi nomlar ishtirok etishgan.

Gan juda yaxshi professional futbolchi bo'lishi mumkin edi, lekin u 16 yoshida to'satdan futbolni tark etdi. «Siril beparvo futbolchi edi. U yaxshi o'ynashni boshlashi uchun doimo unga baqirishim kerak edi. Gan kayfiyati yaxshi bo'lganidagina ajoyib o'yin ko'rsatardi, aks holda o'rtamiyona futbolchiga aylanardi», - dedi Barbari.

«Afsuski, ruhiy jihatdan kuchli emasdim. Men hayotdan nima xohlayotganimni bilmasdim, ota-onam esa faoliyatimni davom ettirishni talab qilishmadi. Yaqinda men ularga: «Hozir men millioner bo'lardim!» - dedim. Men haqiqatan ham yuqori potencialga ega edim», - deb tan oldi Gan.

Gan faoliyatini futbolda davom ettirmagan bo'lsa-da, bazida futbol o'ynab turadi. 2021 yilda u Marsel faxriylari va futbol afsonalari o'rtasidagi xayriya o'yinida ishtirok etdi. Gan  Dide Drogba, Yens Lemann, Esteban Kambyasso, Rober Pires, Marsel Desayi va Samir Nasri bilan birga o'ynagan.


Gan FIFAni yaxshi ko'radi: u Mbappe bilan onlayn translyaciya qiladi

Gan Franciya terma jamoasining ashaddiy muxlisidir. 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati finalida jamoasi Argentinadan engilgach  Gan shunday dedi: «Oxir-oqibat, biz o'yinimizni topdik, ammo kech bo'lgandi. Bu hali yosh jamoa. Men Franciya terma jamoasining kelajagiga ishonaman».

U francuz futbolining asosiy yulduzi Kilian Mbappe bilan do'st: «U mening do'stim va janglarni arenadan tomosha qilishni istaydi, ammo taqvim tig'iz bo'lgani uchun buni amalga oshirish qiyin. Umid qilamanki, bu ertami-kechmi sodir bo'ladi». Mbappeni 3 centyabr kuni Parijdagi arenada ko'ramizmi?

Hozircha UFC tadbirlarida qatnashishning imkoni yo'q, biroq Mbappe va Gan futbol o'yinlariga borishadi va FIFAda birga o'ynashadi. Gan Ashraf Hakimi bilan Pro Clubs'da striming o'tkazayotgan edi, Mbappe to'satdan translyaciyaga kirib ketdi. «Bu u! Golden boy! Golden boy!» — qichqirdi Hakimi. Mbappe Ashrafdan geympadni olib, o'yinga qo'shildi - va darhol gol urib o'z darajasini ko'rsatdi.

Gan FIFAni yaxshi ko'radi. U o'zini UFC jangchilari orasida eng yaxshi fifer deb biladi, chunki uning jamoasi - Top BoyZ bir vaqtlar global Pro Clubs reytingida 64-o'rinni egallagan edi.


O'yinga bo'lgan haddan tashqari muhabbati tufayli Gana Jon Jonsning to'sig'idan o'tib keta olmadi. UFC 285dagi jangidan oldin Gan bo'sh vaqtini FIFA o'ynab o'tkazgan. Jons raqibini noprofessionallikda aybladi: «U video o'yinlar o'ynasa, men etiborimni jangga qarataman».

Siril Gan sportga o'ta jiddiy qarash fikriga qo'shilmaydi: «Men futbol o'ynaganman, chunki bu menga yoqardi. MMA bilan ham xuddi shunday. Asosiysi, zavqlanish, qolgan hamma narsa keyingi o'rinda».


Xorijiy saytlar asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing