14 may 17:18
Yangiliklar
Futbol

Futbolda tezlik bo'yicha jahon rekordi yangilandi
"Santa-Klara" o'yinchisi futbol olamida jahon rekordini yangiladi.
SHanba kuni Portugaliya chempionatida "Santa-Klara" o'z maydonida "Famalikan"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda mehmonlar hujumchisi Gabriel Silva sprint vaqtida 40,3 km/soat tezlikka erishdi. Bu ko'rsatkich STATSports kompaniyasining GPS malumotlari yordamida qayd etildi.
Klub bayonotiga ko'ra, futbolchi "Nyukasl" markaziy himoyachisi Sven Botmanning 39,21 km/soatlik natijasini ortda qoldirib, yangi jahon rekordini o'rnatdi.
Havola :
Fikrlar