27 jan 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyodor Emelyanenko ishtirokidagi uzoq kutilgan jang bo'lib o'tdi
Hozirgina AQSHda aralash qoidalar bo'yicha uzoq kutilgan Bellator 214 turniri yakunlandi.
Gran-Pri turnirning og'ir vazn toifasidagi final jangi oqshomning markaziy jangi sifatida etirof etilgandi. Unda rossiyalik afsonaviy Fyodor Emelyanenko amerikalik Rayan Beyderga qarshi oktagonga chiqdi.
Besh raundga mo'ljallangan chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi. Beyder birinchi raunddayoq afsonaviy raqibini chap qo'lda bergan kuchli va aniq zarbasi evaziga nokautga uchratdi va ikki karra jahon chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar