15 avg 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyodor Emelyanenko revansh o'tkazishi mumkin
Afsonaviy Fyodor Emelyanenko Fabrisiu Verdumga qarshi revansh jangda ishtirok etishi mumkin.
"Men Verdumning menejeri bilan gaplashdim. Bu katta jang bo'ladi. Yaqin kunlarda Fyodor bilan uchrashaman va revansh u uchun qay darajada muhim ekanligini so'rayman. Uning javobiga qarab ish ko'ramiz", - dedi Bellator prezidenti Skot Skoker.
Eslatib o'tamiz, Emelyanenko va Verdum 2010 yilda o'zaro jang o'tkazishgan. O'shanda braziliyalik sportchi g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar