17 sen 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyodor Emelyanenko UFC sobiq chempioni bilan jang qilmoqchi
49 yoshli afsonaviy rossiyalik jangchi Fyodor Emelyanenko hali ham janglarda ishtirok etish istagi borligini malum qildi.
U ayniqsa boks qoidalari bo'yicha sobiq UFC og'ir vazn chempioni Rendi Kutyurga qarshi jang qilishga qiziqish bildirgan.
"Jamoam bilan mashg'ulotlarni davom ettiryapman. Agar yaxshi taklif bo'lsa va bundan mano bo'lsa, nega qaytmasligim kerak? Men hali ham jang qila olaman.
Biz boks bo'yicha ishlaganmiz, shuning uchun bu menga qiziqroq. Menimcha, Rendi Kutyur raqib sifatida Brok Lesnardan ko'ra qiziqroq bo'lardi. Agar u ham tayyor bo'lsa, men ham tayyorman", — dedi Emelyanenko MMAJunkie nashriga.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar