21 avg 09:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyodor Emelyanenko: Verdumga qarshi revansh jangida oktagonga chiqmoqchiman
Afsonaviy MMA jangchisi Fyodor Emelyanenko sobiq UFC chempioni Fabrisiu Verdumga qarshi revanshda oktagonga chiqish istagida ekanligini malum qildi.
"Bellator prezidenti Skott Koker bilan uchrashdik va rejalar bo'yicha suhbatlashdik. Albatta, pandemiya bilan bog'liq vaziyat rejalarni butunlay o'zgartirib yubordi. Turnirlar muxlislarsiz o'tyapti. Verdumga qarshi revansh jangi o'tkazishni juda ham xohlayapman. Lekin bizning jang Bellator muxlislari uchun qiziq bo'larmikan"", — deya Fyodorning so'zlarini keltirmoqda BJ Penn.
Eslatib o'tamiz, shu oyda Fabrisiu Verdumning UFC bilan shartnomasi yakunlandi va u faoliyatini Bellator promoushenida davom ettirishi ham mumkin. Braziliyalik 10 yil oldin Fyodor Emelyanenkoni shov-shuvli tarzda mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar