04 iyu 12:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri 500 mln dollar evaziga UFC'da jang qilishga tayyor
Prof boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishining sobiq chempioni Tayson Fyuri 500 million dollar gonorar olsa, UFC'da jang qilishga tayyorligini aytdi.
"Pulini to'lashsa, balki UFC'da jang qilishni afzal ko'rarman. Narxi qancha? 30 million dollar men uchun hech narsa emas. Men 500 million dollar istayman", dedi Fyuri Istanbulda o'tkazilgan IBA.Pro 7 turniri paytida.
Tayson Fyurining so'nggi jangi 2024 yilning dekabr oyida Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida Aleksandr Usikka qarshi bo'lgan. O'sha jangda britaniyalik charm qo'lqop ustasi Usikka ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchragandi.
Havola :
Manba : МатчТВ
Fikrlar