25 avg 12:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Dillian Uaytga maslahat berdi
WBC yo'nalishining superog'ir vazn toifasi chempioni Tayson Fyuri Dillian Uaytning Povetkindan uchralgan mag'lubiyatiga munosabatini bildirdi.
"Dillianni ayblamayman. Bu erda barcha narsa ro'y berishi mumkin. Uayt superog'ir vazndagi eng zo'rlar bilan jang qilishni istayotgandi. Lekin bu xavfli sport. Bu erda qandaydir soniyalar ichida barchasi yakunlanishi mumkin.
Uaytga nima maslahat beraman: U o'ziga kelib, barchasini boshidan boshlashi lozim. Ha, nokautli mag'lubiyat qiyin davr. Povetkin? U 40 yoshda va haliyam ajoyib formada. Mana shunday yoshdagi erkaklar undan o'rnak olishadi. Jang ajoyib o'tdi. Bahsdan zavq oldim", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : BT Sport
Fikrlar