16 fev 13:39
Yangiliklar
Fyuri jamoasi Usikka qarshi jang sanasini malum qildi
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, britaniyalik bokschining vakillari ukrainalikni mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang sanasi va joyini kelishib olishga undamoqda. Biroq, jangni Saudiya Arabistonida tashkil etish varianti endi ko'rib chiqilmaydi, sababi ular Jiddadagi yangi stadion qurilishini jangning belgilangan sanasiga qadar yakunlashga kafolat bera olmaydilar. Fyurining manfaatlarini himoya qiluvchi Queensberry Promotions kompaniyasi 29 aprel kuniga "Uembli" stadionini band qilgan va Usikning javobini kutmoqda. Agar ukrainalik bokschi jangga rozi bo'lmasa, Fyuri o'sha kuni boshqa raqib bilan jang qilishi mumkin.
Uzoq kutilgan jang bo'yicha yakuniy qaror shu haftada elon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq taniqli insayder Maykl Benson ham Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi jang Buyuk Britaniyada tashkil etilishini malum qilgan edi.
Fikrlar