07 okt 11:51
Yangiliklar

Fyuri: Joshua agar Usikni mag'lub etolmasa, faoliyatini tugatishi kerak bo'ladi
Og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik va britaniyalik Entoni Joshua o'rtasidagi revansh haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Taniqli britaniyalikning aytishicha, agar vatandoshi ikkinchi jangida g'alaba qozona olmasa, u holda boksdagi faoliyatini tugatishi kerak bo'ladi.
«Joshua haqli ravishda Usikka yutqazdi. U kuchliroq raqibiga yutqazdi. Bir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi. Har doim kaltaklanadigan odam bor. Ishonamanki, agar Joshua Usikni revansh jangida mag'lub etmasa, faoliyatini tugatishi kerak bo'ladi. Bu nafaqa, yakun», - dedi Fyuri Boxing Socialga bergan intervyusida.
Avvalroq, promouter Bob Arum AJni Usik bilan revansh jangidan voz kechishga chaqirgan edi.
Fikrlar