10 okt 10:45
Yangiliklar
Fyuri – Joshua jangi uchun chiptalar bir soat ichida sotilib ketdi
Ayni damda Ticketmaster servisida qo'shimcha o'rinlar sotuvga chiqishini kutayotgan yarim milliondan ortiq boks muxlislari virtual navbatda turibdi (jang bo'lib o'tadigan Kardiffdagi stadionning standart sig'imi 74 mingga yaqin bo'lsa-da, boks oqshomida maydonga qo'shimcha qatorlar o'rnatilishi hisobiga o'rinlar soni ko'paytiriladi).
CHiptalar narxi 88,5 funt sterlingdan (taxminan 117 dollar) boshlanib, birinchi qatorlardagi o'rinlar uchun 13 128 funtgacha (17 345 dollar) etdi. Hozirgi vaqtda ularni faqatgina chayqovchilardan sotib olish mumkin, ular eng arzon o'rinlar uchun 425 funt (562 dollar), ring oldidagi qatorlar uchun esa 73 645 funt (97 301 dollar) so'rashmoqda. SHu bilan birga, tashkilotchilar chiptalarni chayqovchilar tomonidan sotib olinishiga qarshi qatiy choralar ko'rilganini va ularning qo'liga chiptalarning atigi bir necha foizi tushganini takidlashmoqda.
Og'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempionlari Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jang 12 dekabr kuni Uels poytaxti Kardiff shahrida bo'lib o'tadi. Jang g'olibi superog'ir vazn toifasida WBA Super chempionlik kamariga ega chiqadi.

Fikrlar