15 fev 17:00
Yangiliklar

Fyuri: "Joshua Usik bilan yana jang qilsa, bu uning faoliyatidagi tobutini berkitish uchun so'nggi mix bo'ladi"
"Odamlar boshqa davlatdan kelgan, ingliz tilini bilmaydigan, ukrainalik Usik men bilan jang qilishini xohlayaptimi yoki Lennoks Lyuis va Frenk Bruno jangidan keyingi tarixdagi eng yirik Britaniya jangini ko'rmoqchimi?
Fyuri-Joshua qarama-qarshiligi muxlislar uchun eng zo'ri bo'lar edi, menimcha. Joshua bunday holatda Usik bilan jang qiladi deb o'ylamayman. O'ylaymanki, u hozirgi poziciyasidan voz kechadi yoki yana Usik bilan jang qilib, mag'lub bo'ladi va faoliyatini yakunlaydi. U uzoq yo'lni bosib o'tdi, ammo, hozir u ancha quyida va shu kunlarda u shunchaki, birovning kuyiga raqs tushmoqda.
Odamlarning mehrini, kuch-qudratingni, kamaringni yo'qotganingda shunday bo'ladi. Menimcha, hozir u zaif. Agar u Usik bilan yana jang qilsa, bu uning faoliyatidagi tobutini berkitish uchun so'nggi mix bo'ladi", — Fyurining so'zlarini keltiradi BoxingNews24.
Fikrlar