20 may 09:50
Yangiliklar

Fyuri Joshuaga: Taysonning Arabistoniga xush kelibsiz! “Lo'lilar qiroli”ning shousi davom etadi
Dastlabki malumotlarga ko'ra, ularning jangi 14 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishi lozim edi.
“Entoni Joshua, Taysonning Arabistoniga xush kelibsan! “Lo'lilar qiroli”ning shousi davom etadi ", - deb yozdi Fyuri o'zining Instagram sahifasida.
Oldinroq Tayson Fyuri va Entoni Joshua ikkita jang o'tkazishga kelishib olishgandi: birinchi jang birlashtiruvchi jang hisoblanadi, ikkinchisida esa mag'lub bo'lgan bokschi revansh jangiga ega bo'ladi. Hozirda professional boksda Fyuri hisobida 30 g'alaba (21 nokaut) va bitta durang bor. Joshuada esa 23 g'alaba (21 ta nokaut) va bitta mag'lubiyat mavjud.
Ushbu xabardan biroz o'tib, Tayson Fyuri postni o'chirib tashladi. Keyinroq esa uning Deontey Uaylderga qarshi jang qilishi lozimligi haqida malumotlar tarqaldi.
Fikrlar