15 may 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Joshuaga: "Urushga tayyormisan, mushukcha?"
Superog'ir vaznda WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri yana bir bora WBA, WBO va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshuani haqorat qildi.
Britaniyalik bokschi instagram sahifasida mashq qilayotgan videosini joyladi va Joshuaga xabar yo'lladi.
"Entoni Joshua, urushga tayyormisan, mushukcha? Muxlislarimga ajoyib nokaut taqdim etish uchun qattiq ishlayapman. Kel, ushbu jangni tashkil qilaylik", - deb yozdi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : instagram.com/gypsyking101
Fikrlar