23 mar 13:40
Yangiliklar
Fyuri - Mahmudov bilan jang haqida: u og'ir ahvolda
Jang 11 aprel kuni London shahridagi "Tottenxem" stadionida bo'lib o'tadi. Britaniyalik bokschi rossiyalik Arslanbek Mahmudov bilan bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi.
"Faqat shuni aytishim mumkinki, Mahmudov og'ir ahvolda. U mushkul vaziyatda. U baquvvat yigit, menda bo'lgani kabi bir-ikkita mag'lubiyat va ko'plab nokautlari bor - 20 ga yaqin. Biz taxminan tengdoshmiz, tana o'lchamlarimiz, vaznimiz, rekordlarimiz o'xshash. Men jahon chempioni edim, men WBC chempioni bo'lganimda u reytingda ikkinchi o'rinda edi. O'shanda uni menga raqib sifatida taklif qilishgandi. Endi nihoyat uchrashamiz. SHunday. Keling, ajoyib jang ko'rsataylik. Kim kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonsin", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Fikrlar