20 may 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri: "Menimcha, bu oson bo'ladi"
Super og'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri WBA, WBO, IBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Usik bilan jang tashkil etishiga shubha qilmasligini, uning fikricha jang shu yilning o'zida bo'lib o'tishi kerakligini aytdi.
"Hozirgi vaziyatda hech kim qo'rqayotgani yo'q deb o'ylamayman. Jang shu yil bo'lib o'tishi kerak. Menimcha, bu oson bo'ladi. Men uni nokaut qilaman, keyin esa arenani tark etib, shahar markazida bayram qilaman", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Usik va Fyuri aprel oyi oxirida jang bo'yicha muzokara o'tkazgan edi. Biroq, tomonlar moliyaviy shartlar bo'yicha kelisha olishmadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar