10 noy 19:38
Yangiliklar

Fyuri: Uaylder endi men bilan boshqa jang qila olmaydi
WBC bo'yicha superog'ir vazndagi jahon chempioni Tayson Fyuri endi hech qanday taklif uni Uaylder bilan jang qilishiga majbur qila olmasligini takidladi.
"Men Uaylder va uning jamoasi xohlagan har qanday sana va talablarga rozi bo'ldim. Ammo endi bo'ldi. Uaylder o'zining safsatalari bilan meni obro'sizlantirishga urindi.
Agar men hamma kabi inson bo'lganimda, uni tuhmatlari uchun sudga berib 100 million dollar undirishim mumkin edi. Lekin meni bunday ishlar qiziqtirmaydi. Uaylder men tomonimga yo'llagan tuhmatlari sabab u endi men bilan jang qila olmaydi.
Hamma mag'lub bo'lishi mumkin. Lekin gap bunda emas. Uaylder oxirgi etti oy ichida juda ko'p gaplar gapirdi. U oxirgi oylarda og'zini ochish uchun ataylab shartnoma muddati tugashini kutdi, bu kulgili", -deydi Tayson Fyuri.
Fikrlar