01 okt 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri - Uaylder. Trilogiya 19 dekabr kuni o'tkazilmaydi. Bunga futbol sabab!
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri hamda ushbu kamarning sobiq sohibi Deontey Uaylder o'rtasidagi uchinchi jang belgilangan muddatda o'tkazilmaydi.
Avvalroq trilogiyaning 19 dekabr kuni o'tkazilishi malum qilingan edi. Lekin bu sanada jang o'tkazilmaydi. Bunga futbol sabab bo'lmoqda.
"Biz jang sanasini o'zgartiramiz. 19 dekabr kuni Konferenciya chempionatining 5 ta, Milliy futbol ligasining 2 ta o'yini bor. ESPN telekanali bilan maslahatlashgan holda shunday qarorga keldik. Translyaciya jadvaliga qarab yangi sanani elon qilamiz. Balki jang 19 dekabrdan oldin o'tkazilar", — dedi jang tashkilotchisi, taniqli promouter Bob Arum.
Malumot uchun, bokschilar o'rtasidagi uchinchi jang AQSHning Las-Vegas shahridagi Allegiant Stadium arenasida bo'lib o'tadi. Bu stadion "Las Vegas Raiders" klubining uy arenasi hisoblanadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar