18 apr 11:28
Yangiliklar

Fyuri - Uayt jangi XXI asr rekordini yangilashi mumkin
Britaniyaliklar o'rtasidagi bo'lajak jang muxlislar tashrifi bo'yicha XXI asr rekordini yangilashi mumkin. Ushbu jangni tmoosha qilish uchun Londondagi "Uembli" stadioniga 94 000 muxlisning tashrifi kutilyapti.
Agar sotuvga chiqarilgan chiptalar to'liq sotilsa, u holda boks jangiga muxlislar tashrifi bo'yicha XXI asr rekordi o'rnatiladi. Hozircha bu boradagi rekord 2017 yil Entoni Joshua va Vladimir Klichko o'rtasidagi jangga tegishli bo'lib turibdi. O'sha jangni stadionda 88 000 kishi tomosha qilgandi.
Etiborga molik jihati shundaki, Tayson Fyuri - Dillian Uayt jangi uchun chiptalar 2 mart kuni ochiq savdoga chiqarilgandi. Savdo startidan uch soat o'tib, 85 000 chipta sotib bo'lingan edi.
Fikrlar