21 apr 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri - Uayt. Joshua ushbu jangda kimga muxlislik qilishini aytdi
Superog'ir vazn toifasining sobiq chempioni Entoni Joshua Tayson Fyuroi va Dillian Uayt o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Jang avvaliga Uayt Taysonning harakatlariga to'g'ri baho bera olishi lozim. Balki tanaga ishlash ushbu jangda Uaytga yordam berishi mumkin. Ammo buning uchun u masofada harakatlanishi kerak. Umid qilamanki, Dillian qattiq mashg'ulotlar olib borgan.
Bu Uayt uchun ilk chempionlik jangi va u g'alabaga chanqoq bo'ladi. Uaytni yomon ko'rsamda, ushbu jangda unga muxlislik qilaman. Olg'a Dillian, men sen bilan", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va Uayt o'rtasidagi jang 23 aprel kuni Londonda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar