21 apr 16:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: "Uaytga past nazar bilan qarayotganim yo'q"
WBC yo'nalishida jahon chempioni Tayson Fyuri Dillian Uaytga qarshi jangi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Uayt - juda jiddiy raqib deb o'ylayman. U Joshua, Usik va boshqalar kabi xavfli. Unga past nazar bilan qarayotganim yo'q.
Keling realist bo'laylik: unda Tayson Fyuridagi boks ko'nikmalari yo'q. Unda ikki metrlik bo'y va o'rta vaznli bokschi kabi harakatlanish qobiliyati yo'q. Undagi yagona kuch - superog'ir vaznli bokschidagi nokaut qiluvchi kuchdir. Bu narsa menda ham bor", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va Uayt o'rtasidagi jang 23 aprel kuni Londonda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : BoxingNews 24
Fikrlar