14 may 09:56
Yangiliklar
Fyuri - Usik jangi referisi malum
Oqshomning markaziy jangi "Yil jangi"ga qiyoslanmoqda va unda superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni aniqlanadi. WBC chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri qolgan uchta asosiy kamarlari sohibi, ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tariladi.
Tashkilotchilar tomonidan ushbu jangga hakam tayinlandi. Amerikalik referi Mark Nelson mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan chempionlar jangida hakamlik qiladi. Bu referi 2017 yilda filippinlik afsona Menni Pakyao hamda avstraliyalik Jeff Xorn o'rtasidagi jangdagi hakamligi bilan esda qolgan. O'shanda hakamlarning qarori keskin muhokamalarga sabab bo'lgandi.
Malumot uchun, 35 yoshli Tayson Fyuri o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida kamerunlik sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi o'tkazib, hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongan edi. 37 yoshli Aleksandr Usik esa o'tgan yilning avgustida britaniyalik Daniel Dyubuani 9-raundda texnik nokautga uchratib, kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Fikrlar