21 apr 10:57
Yangiliklar
Fyuri Usik-Joshua jangi haqida: "Ularning qo'ygan talablari kulgili"
"Lo'lilar qiroli"ning fikricha, Joshua Usikka mag'lub bo'lganidan keyin faoliyatini yakunlaydi.
"Bu so'zlarni ilk bor aytyapman. Usik revansh jangida Joshuani mag'lub etadi. Entoni buni qabul qilishga jurati etmasa, demak uning faoliyati tugash arafasida. Uchta mag'lubiyat va alvido... Uni birinchi og'ir vazn toifasidagi bokschi mag'lub etdi.
Joshua Usikka qarshi jangda sharmandalikning oldini olishi, yoki uning o'rniga hamma muammolarni hal qilishimga rozi bo'lishi mumkin edi. SHu bilan birga pul ham ishlab olardi. Ammo, Joshua ochko'zlik qildi.
Ular meni mutlaq jahon chempioni unvoni uchun kurashda hamma narsaga tayyorligimni bilishadi. Lekin, ularning qo'ygan talablari kulgili edi", — deya Fyurining so'zlaridan iqtibos keltirgan Dazn.
Eslatib o'tamiz, Joshua va Usik o'rtasidagi revansh jangi 23 iyul kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Fikrlar