So’nggi yangiliklar

18:26Тайсон Фьюри Хргович билан жанг учун шартини айтди 0 17:45"Дана Уайт доғистонликларга ҳамма нарсага рухсат беради" - UFC жангчиси 0 17:13Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли ўртасидаги реванш санаси маълум қилинди 0 16:46Платини "Олтин тўп"ни Кварацхелияга бермоқчи 0 16:07"Ҳеч ким бу жангга рози бўлмайди" — Хукер Усман Нурмагомедовнинг UFCдаги эҳтимолий дебюти ҳақида гапирди 0 15:30Хргович: "Итаума рақибларим орасида энг яхшиси, аммо..." 0 14:59Янгиланган WTA рейтингида Ўзбекистоннинг биринчи ракеткаси ўзгарди 0 14:33Платини Инфантинони танқид қилди ва уни ФИФАдан истеъфога чиқишга чақирди 0 14:08Тайсон Фьюри: "Агар гап сотиш учун чемпионлик камарлари берилганда, мен мутлақ жаҳон чемпиони бўлардим" 0 13:39Mangu 5 турнири учун яна бир қизиқарли жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 13:10Шон О’Мэлли Умар Нурмагомедовнинг мағлубиятига изоҳ берди 0 12:44Фабрицио Романо Карим Бенземанинг келажаги ҳақида инсайд эълон қилди 0 12:08Жокович 20 йилда илк бор "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ мағлуб бўлди 0 11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0

25 dek 17:52
Yangiliklar

Boks/MMA

Fyuri Usik yaqin orada yana bir chempionlik kamaridan voz kechishini aytdi

Sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Aleksandr Usik yaqin orada WBC chempionlik kamaridan voz kechishini aytdi.

"Men WBC yo'nalishi bo'yicha Okoli va Itauma o'rtasida saralash jangi tasdiqlanganini ko'rdim, ammo vaqtinchalik chempion — Agit. Demak, ular Usikni yo unvonni himoya qilishga, yoki undan voz kechishga majbur qilishlari kerak.

SHaxsan men Usik WBC yo'nalishi bo'yicha kim bilandir jang qiladi, deb o'ylamayman, chunki bu pul tomondan manosiz. Bu janglarda pul yo'q. Unga Agit bilan jang uchun pul to'lashadimi? Lourens Okoli bilan jang uchun pul berishadimi? Yo'q. Agar sen Tayson Fyuri bilan jang qilib, katta pul olgan bo'lsang, shunchaki boshqa birov bilan jang qilmaysan. SHu sababli Usik bu ismlardan biriga qarshi unvonni himoya qilishini tasavvur qilolmayman.

SHuning uchun u Uaylder yoki ommabop, muxlislarga ega bo'lgan jangchi bilan to'qnash kelmoqchi. SHu bois men Usik WBC kamaridan ham voz kechadi, deb o'ylayman — xuddi WBO kamari bilan qilganidek. Aleksandr WBC unvonidan voz kechishi kerak. Agit jahon chempioni bo'ladi va keyin Okoli — Itauma jangi g'olibi bilan unvonni himoya qiladi.

Men Usik va Kabayel o'rtasida jang bo'lishini umuman tasavvur qilmayapman. Buning hech qanday tijoriy manosi yo'q. Boks — bu biznes, unutmang. Bu erga hamma pul ishlash uchun keladi va ketadi. SHuning uchun ham eng qiyin janglar — eng katta pullar uchun bo'ladi. Usik hozirgi darajasida eng katta janglarni, eng katta gonorarlarni xohlaydi. Agit esa har kim uchun og'ir raqib", — deya Fyurining so'zlarini Ready to Fight portali keltiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing