12 mar 15:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri Usikka qarshi jang oldidan mashg'ulotlarni boshladi
WBC yo'nalishining superog'ir vazn toifasidagi chempioni Tayson Fyuri WBA, WBO va IBF chempioni Aleksandr Usikka qarshi jang oldidan tayyorgarlikni boshlaganini aytdi.
Ushbu tayyorgarlik 6 hafta davom etadi.
"Hayrli tong, dunyo, odamlar... Bugun Usikka qarshi jang tayyorgarligi doirasida ilk mashg'ulotlarni o'tkazdim. Menga 6 oy, to'rt oy yoki shunga o'xshash vaqt kerak emas. Menda 6 hafta va dam olish haftasi bor.
Baxtli kunlar. O'z irodamni o'sha kichkina badbashara uchun toblayapman. O'sha kunni intiqlik bilan kutyapman", - dedi Fyuri.
Usik va Fyuri jangi 29 aprel kuni Londonda tashkillashtirilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar