28 apr 13:39
Yangiliklar
Fyuri va Joshua 2026 yilda jang qilish uchun shartnoma imzoladi - insayder
Bu haqda The Ring jurnalisti Mayk Koppindjer xabar berdi.
"SHov-shuvli yangilik: Turki Al-SHayx o'z tvitida “Britaniyalik do'stlar, bu amalga oshyapti, kelishuv imzolandi” dedi. Menga malum qilishlaricha, bu nihoyat katta jang amalga oshishini anglatadi.
Fyuri va Joshua jang bu yilning to'rtinchi choragida bo'lishini aytdi. Ring Magazine malumotiga ko'ra, bu britan boksi tarixidagi eng yirik voqelik bo'ladi. Oy boshida Fyuri Arslanbek Maxmudovni mag'lub etganini ko'rdingiz — oldindagi to'qnashuv ajoyib bo'lishi kutilmoqda. Sabrsizlik bilan kutyapman. Turki Al-SHayxga yana bir katta shou tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirish kerak. U Kanelo Alvares, Terens Krouford, Aleksandr Usik — Tayson Fyuri yoki Dmitriy Bivol — Artur Beterbiev kabi janglarni ham tashkil qilgan. U katta nom, va yana shuni uddaladi. Demak, Fyuri — Joshua, yilning to'rtinchi choragi, Ring Magazine, Netflix", — dedi Koppindjer.

Fikrlar