09 jan 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyurining jamoasi Usikka jang uchun dastlabki shartnomani jo'natdi
Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren Usikning jamoasiga o'zaro jang uchun dastlabki shartnomaning qoralama variantini yubordi.
"Biz ularga shartnomaning qoralama variantini yubordik. Mana qaysi bosqichdamiz. Buni tezroq hal qilish lozim, chunki vaqt bizga qarshi ishlamoqda.
Jang qaerda bo'ladi? Pul qaerda ko'p bo'lsa o'sha joyda. Britaniyadan tashqarida vaziyat o'zgarib ketadi. Biz jang mart oyida o'tkazilishini istaymiz. Bu bokschilarga kuzda yana bitta jang o'tkazish imkoniyatini beradi", - dedi Uorren.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar