21 mar 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyurining otasi nima uchun Tayson Usikni hech qachon enga olmasligini tushuntirdi
Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri o'g'li nima uchun Aleksandr Usikni enga olmasligini izohladi.
"Tayson 38 yoshda, u bir yarim yildan beri ringga chiqmadi, ammo ayrimlar uning miyasiga turli gaplarni quymoqda. Aleksandr Usik tobora kuchaymoqda, Tayson esa aksincha. U hech qachon Usikni engolmaydi. Lekin uning egosi juda katta, shuning uchun to'xtamaydi. Atrofidagilar esa uni bu jangga chiqarishga tayyor", — dedi Fyuri boxingnews24’ga.
Havola :
Manba : BoxingNews 24
Fikrlar