29 mar 18:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyurining promouteri Joshua bilan jang bo'yicha muzokaralar bo'lganini rad etdi
Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren Entoni Joshua bilan muzokara olib borilganini rad etdi.
Avvalroq, promouter Eddi Xirn Frenkning o'g'li Jorj Uorren unga qo'ng'iroq qilib, Fyuri - Joshua jangi bo'yicha dastlabki kelishuvga erishgani haqida gapirgandi.
"Bu shunchaki 30 soniyalik suhbat edi. Biz buni Tayson bilan muhokama qilib ham o'tirmadik.
Bundan jahlim chiqyapti. CHunki bunday narsa bo'lmagani 100 foiz aniq. "SHartnomalar kelasi hafta imzolanadi" mazmunidagi gap mutlaqo yolg'on", - dedi Uorren.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar