25 mar 11:26
Yangiliklar
Fyurining promouteri Usik va uning jamoasi jangdan qochish uchun bahona qidirayotganini aytdi
"Usik jamoasi Tayson 29 aprel kuni jangga tayyor emasligiga ishongan edi. SHu sabab ular revansh uchun moliyaviy sharoitlarni o'zgartirishni talab qilishdi. Ammo, Fyuri o'z vaqtida jang qilishga tayyor ekanligi malum bo'ldi. Ayni paytda u ikki yarim haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inida. Usik va uning jamoasi bundan qutulish uchun shunchaki bahona izlashdi", - dedi Uorren.
Aleksandr Usik o'z navbatida uchta chempionlik kamarini himoya qilishi kerak. Uning navbatdagi raqibi WVA yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar Daniel Dyubua. Keyingisi IBF bo'yicha majburiy davogar Filip Xrgovich. WVO kamariga majburiy davogar Jo Joys esa kelasi oy CHjan CHjilega qarshi jang o'tkazishi rejalashtirilgan.
"29 aprel oxirgi muddat edi. Bu muddatdan so'ng Usikning kamarlarini himoya qilish majburiyatlari kuchga kiradi", - deya qo'shimcha qildi Uorren.
Fikrlar