25 may 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyurining promouteri Usikning kamaridan mahrum qilinishiga munosabat bildirdi
Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren Aleksandr Usikdan IBF kamari olib qo'yilishiga o'z munosabatini bildirdi.
"Ko'ramiz, nima bo'larkin. Uni hali kamardan mahrum qilishgani yo'q, voqealar rivojini kuzatib boramiz. Agar shunday qarorga kelinsa, bu Usik va uning jamoasi uchun juda alamli bo'ladi", - dedi Uorren.
Eslatib o'tamiz, Usik IBF chempionlik kamarini o'z vaqtida majburiy davogardan himoya qilmagani va buning o'rniga Tayson Fyuriga qarshi jang o'tkazgani uchun uning ushbu tashkilot kamaridan mahrum etilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar