25 apr 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/216297_220.jpg)
Fyurining rafiqasi turmush o'rtog'ining faqat bitta holatda ringga qaytishini aytdi
Tayson Fyurining rafiqasi Peris Fyuri turmush o'rtog'ining faoliyatini yakunlashi haqidagi qaroriga o'z munosabatini bildirdi.
Superog'ir vaznda WBC chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri hamyurti Dillian Uaytni oltinchi raundda nokautga uchratganidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Peris xonimning aytishicha, Taysonni faqat bitta sabab fikrini o'zgartirib, ringga qaytara oladi.
"Butun dunyo etarlicha Taysonning nimalarga qodir ekanini ko'rdi. U eng yaxshi ekanini yana bir bor isbotladi. Uning boksdan ketishini xohlaymanmi? Ha, men shundan bo'lishini istardim. Endi bor etiborini oilasiga qaratishi tarafdoriman. Ortiq isbotlaydigan narsasi qolmadi. Fyurini faqat bitta - birlashtiruvchi chempionlik jangi ringga qaytarishi mumkin", — deya Perisning so'zlarini keltiradi talkSPORT.
Havola :
Fikrlar