07 dek 14:44
Yangiliklar
Fyurining rafiqasi Usik haqida gapirdi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri (33-0-1)ning rafiqasi Peris Fyuri erining Aleksandr Usik, Jo Joys va Entoni Joshua bilan jang qilishini xohlashini aytdi.
Perisning aytishicha, u birinchi navbatda Usikka qarshi jangni ko'rishni istaydi.
"Men Taysonni kimga qarshi jangda ko'rishni xohlardim? Usik! Menimcha, u mutlaq chempionlik uchun jangga munosib. Jo Joys. U erimni jangga chorladi, bu jang boks muxlislari uchun ajoyib bo'lardi. Va albatta Joshua. Bu jang britaniyalik muxlislar uchun tashkillashtirilishi kerak. Ularning barchasi bu jangga haqli. Agar birgina raqibni tanlashim kerak bo'lsa, bu Usik bo'lardi", - dedi Peris Fyuri.
Tayson Fyuri so'nggi bor 3 dekabr kuni Londonda tashkillashtirilgan boks oqshomi doirasida hamyurti Derek CHisora (33-13)ga qarshi ringga chiqib, 10-raundda raqibini nokautga uchratgan edi.
Fikrlar