05 apr 18:15
Yangiliklar
Gabriel Rosado: "Bekni yana bir bor nazorat qilishga tayyorman"
22 aprel kuni Amerika Qo'shma SHtatlarining Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada Premier Boxing Championship promouterlik kompaniyasi tomonidan navbatdagi boks oqshomi tashkil etiladi.
Ushbu oqshomda o'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'zievga qarshi revansh jangini o'tkazadigan meksikalik Gabriel Rosado bo'lajak jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Zurdo"ga qarshi jangni bekor qilish juda qiyin bo'ldi, ammo endi Bek bilan birgalikda yilning eng katta jangi kardidamiz. Men diqqatimni jamlaganman va Bekni yana nazorat qilishga tayyorman. Men tarixiy jang kardining bir qismi bo'lishni intiqlik bilan kutyapman va yana bir bor "Bully"ni boshqarishni rejalashtirmoqdaman!", - dedi Rosado.
Gabriel Rosado va Bektemir Meliqo'ziev jangi Jervonta Devis va Rayan Garsiya kardida bo'lib o'tadi.
Fikrlar