19 iyu 18:00
Yangiliklar

Gabriel Rosado Bektemir bilan jang oldidan: "Hakamlar yana taqdirimni hal qilishlarini istamayman"
"Bu ajoyib kurash. Kelajakka davogar yosh yigitning davosini kutaman. Men jangda tajriba va mahoratimga tayanaman. Bu menga ilhom bag'ishlaydi. Yosh jangchiga qarshi eng yaxshi boksimni namoyish etishim kerak.
Albatta, mazkur bahs jahon chempionligi uchun kurashga qaytishimga so'nggi imkoniyat. Bu mening maqsadim va men Bektemir haqida ortiqcha gapirib o'tirmoqchi emasman. Ajoyib o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdim, aslida matbuot anjumanlarini yoqtirmayman, jangni intizorlik bilan kutaman.
Avvalgi jangimda hakamlar menga nisbatan adolatsizlik qilishdi. Men ular taqdirimni yana bir bor hal qilishlarini xohlamayman. Ammo bu men Bekka qarshi ehtiyotsizlik bilan jang qilaman degani emas, shunchaki, kurashni hakamlar qaroriga qoldirishni istamayman", - dedi amerikalik Rosado.
Fikrlar